{"id":7,"date":"2025-09-08T00:43:56","date_gmt":"2025-09-08T00:43:56","guid":{"rendered":"https:\/\/sciencejournals.uz\/?page_id=7"},"modified":"2025-09-09T17:00:25","modified_gmt":"2025-09-09T17:00:25","slug":"xxi-asr-tilshunosligi-tahlil-va-talqinilmiy-jurnali-maqola-talablari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/sciencejournals.uz\/","title":{"rendered":"ABOUT THE JOURNAL"},"content":{"rendered":"\n<div class=\"wp-block-media-text is-stacked-on-mobile\" style=\"grid-template-columns:29% auto\"><figure class=\"wp-block-media-text__media\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"724\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/sciencejournals.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-jild-1-son-2023_page-0001-724x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-8 size-full\" srcset=\"https:\/\/sciencejournals.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-jild-1-son-2023_page-0001-724x1024.jpg 724w, https:\/\/sciencejournals.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-jild-1-son-2023_page-0001-212x300.jpg 212w, https:\/\/sciencejournals.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-jild-1-son-2023_page-0001-768x1086.jpg 768w, https:\/\/sciencejournals.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-jild-1-son-2023_page-0001-1086x1536.jpg 1086w, https:\/\/sciencejournals.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-jild-1-son-2023_page-0001-1448x2048.jpg 1448w, https:\/\/sciencejournals.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-jild-1-son-2023_page-0001-scaled.jpg 1810w\" sizes=\"auto, (max-width: 724px) 100vw, 724px\" \/><\/figure><div class=\"wp-block-media-text__content\">\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>\u00abXXI <\/strong><strong>ASR TILShUNOSLIGI: tahlil va talqin<\/strong><strong>\u00bb<\/strong> ilmiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo\u2018yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O\u2018zbekistonda yaqindan beri amal qilayotgan DSc, PhD tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi. Jurnal bunday yuqori talablar o\u2018rnatish orqali o\u2018z mualliflarini asta-sekin xalqaro andozalarga moslashib borishida yaqindan ko\u2018mak berish vazifasini bajaradi. Qo\u2018shimcha savollar, talab va takliflar bo\u2018yicha tahririyatning elektron manzili (Email: navdpi_tilshunoslik@inbox.ru) yoki telefoni (tel: &nbsp;90926 &#8212; 38 -82; 90739- 66- 94; 97378 &#8212; 34 &#8212; 45) orqali murojaat etish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi tilshunoslik va til o\u2018qitish metodikasini o\u2018qitishga mos kelishi shart.<\/p>\n<\/div><\/div>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; <strong>Maqola mavzusi (Title)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo\u2018nda ko\u2018rinishda shakllantirilgan bo\u2018lib, maqolaning tadqiqot yo\u2018nalishini aniq ifoda etishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Maqola muallifi to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumot (Author information)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Maqola annotatsiyasi (Abstract)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 8-10 qatordan oshmagan holda, o\u2018zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo\u2018llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to\u2018la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Kalit<\/strong><strong> so\u2018zlar (Key words)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Kalit so\u2018zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so\u2018zlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun kalit so\u2018zlarning har biri asosiy matn tarkibida o\u2018rtacha 5-10 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Kirish (Introduction)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda O\u2018zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o\u2018zgarishlarga, albatta, murojat qilinishi lozim).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning ilmiy qarashlari va yondashuvlariga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni rivojlantirishga yordam beradi. O\u2018z mazmuniga ko\u2018ra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar bo\u2018yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi manbalar, jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma\u2019lumot materiallari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit so\u2018zlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri bo\u2018lib, u o\u2018tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo\u2018li va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yo\u2018nalishini (deduksion yoki induksion) belgilash, tadqiqot dizayni, ya\u2019ni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yo\u2018llari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot obyektining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi ma\u2019lumot manbalaridan foydalanish to\u2018g\u2018risidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash bo\u2018yicha ratsional qaror qabul qilish asosida qo\u2018yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo\u2018lni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yo\u2018lning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Tahlil va natijalar (Analysis and results)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (tipologik, genetik va boshqalar) orqali yig\u2018ilgan ma\u2019lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; olingan natijalar bo\u2018yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Xulosa va takliflar (Conclusion\/Recommendations)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o\u2018z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yo\u2018nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar ro\u2018yxati (References)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro\u2018yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo\u2018yiladi:&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili, nashriyot nomi, yili, betlari (<strong>Namuna<\/strong>: Yo\u2018ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. \u2013 T.: Fan, 2008. \u2013 B.121.)<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashr manzili, yili, soni, betlari (<strong>Namuna<\/strong>: Qodirov Z. Sintaktik birliklarning konnotativ aspekti \/\/ O\u2018zbek tili va adabiyoti. \u2013T., 2003. &#8212; \u21166. \u2013 B. 40-41.)<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Maqola matni shrifti \u201cTimes New Roman\u201dda, 14 kegelda bo\u2018lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo\u2018lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o\u2018ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 6 betdan kam bo\u2018lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Maqolada keltirilgan jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko\u2018rsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Maqolalar o\u2019zbek, rus va&nbsp; ingliz tillarida taqdim etilishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Maqola fanning tegishli yo\u2018nalishi bo\u2018yicha fan doktorining rasmiy taqrizi bilan birga qabul qilinadi. Tahririyat maqolani qo\u2018shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo\u2018yicha tegishli qarorga kelishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko\u2018rib chiqilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Keltirilgan talablar yakuniy emas, ba\u2019zi maqolalar borasida nashriyot qo\u2018shimcha ma\u2019lumot so\u2018rash huquqini saqlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abXXI ASR TILShUNOSLIGI: tahlil va talqin\u00bb ilmiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo\u2018yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O\u2018zbekistonda yaqindan beri amal qilayotgan DSc, PhD tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi. Jurnal bunday yuqori talablar o\u2018rnatish orqali o\u2018z mualliflarini asta-sekin xalqaro andozalarga moslashib borishida yaqindan ko\u2018mak berish vazifasini bajaradi. Qo\u2018shimcha savollar, talab va takliflar bo\u2018yicha tahririyatning &hellip; <\/p>\n<p class=\"link-more\"><a href=\"https:\/\/sciencejournals.uz\/\" class=\"more-link\">\u0427\u0438\u0442\u0430\u0442\u044c \u0434\u0430\u043b\u0435\u0435<span class=\"screen-reader-text\"> &#171;ABOUT THE JOURNAL&#187;<\/span><\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-7","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/7","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/7\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":44,"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/7\/revisions\/44"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sciencejournals.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}